Qiziqib turgan holatingizni beparvolik bilan yashirsa bo'ladi, beparvo bo'lib turib qiziqqandek ko'rinish qiyin lekin.
Sababi oddiy: birinchisida faqat berkitish kifoya — gapirmaslik, reaksiya bildirmaslik. Ikkinchisida boshqacha — yo'qdan bor qilish, soxta reaksiyani tabiiydek chiqarib berish kerak.
Ishga joylashishda ham xuddi shunday. Eng qiyin savol: "Nega aynan biz?"
Asl javob ko'pincha bunaqa bo'ladi: "Pul kerak, 17 ta joyga ariza topshirdim, sizlar qayta aloqaga chiqdinglar."
Lekin bunaqa deyolmaysiz. Missiya, jamoa, rivojlanish imkoniyatlari, qadriyatlar deb javob berasiz. Tabiiy chiqsa, ishga olinasiz. Tabiiy chiqmasa, olinmaysiz.
Rostanmi, yolg'ondanmi — muhim emas. Tabiiy chiqsa bo'ldi — baribir tekshira olishmaydi.
Oxir-oqibat tashkilotlar, jamiyatning yuqori qatlamlari shunday tabiiy chiqara oladiganlar bilan to'ladi. Bu qobiliyatga ega bo'lmaganlar esa yuqoriga chiqa olmay qoladi.
Oilada ham aynan shunday bo'lsa kerak. Er-xotin orasidagi kelishmovchiliklarning bir qismi ham shu narsadan chiqadi.
Ayol nimanidir gapirib berayotgan bo'ladi, er esa eshitib turadi. Biror muammo bo'lsa, yechaman degan niyatda. Keyin qarasa, muammoning o'zi yo'q. Shundan keyin e'tibor asta-sekin uziladi.
Aslida esa xotin yechim izlab gapirmayotgan bo'ladi. Yig'ilib qolgan gaplarni chiqarib yuboradi, faqat tinglanishni xohlaydi — xolos.
Shu sababli er qiziqayotgandek o'zini tutadi, boshini qimirlatib turadi, "e, tovba" deb qo'yadi.
Oxiri sezilib qolsa, xotin: "O'zi eshityapsizmi?" deydi.
Bu yerda ikki yo'l bor. Birinchisi — eshitmaganini tan olish. Xotin kechirishi mumkin, yoki dalil sifatida bir umrga xotira seyfiga saqlab qo'yishi mumkin.
Bizni zeriktirganlarni kechiramiz, biz zeriktirganlarni kechirish esa qiyin.
Ikkinchi yo'l — aldash. Eshitgandek ko'rsatib, ishontirish kerak bo'ladi.
aslida mavzu qiyos/misol/tashbeh/analogy/metafora haqida edi.
Haqiqiy qiziqish insonni qiyoslashga olib boradi. "menga qiziq", "bu chiroyli" degan gaplar yetarlimas.
haqiqiy zavq, fikrni boshqa yerlarga tortib ketadi, qiyoslashga, o'xshatishga urinadi, boshqa narsalar bilan bog'liqliklarni topishga harakat qiladi. Qabul qilib shunday tashlab ketolmaydi.
Shuning uchun ko'pchilik(asosan erkaklar) yaxshi ko'rganlari haqida shoirlashib ketadi. Ajoyib o'xshatishlar qilishadi. Eng yaxshi she'rlar vazn, qofiyasi "tochniy" bo'lganlari emas balki ichida go'zal qiyoslari bor she'rlar bo'ladi.
shu sabab balki ayollarga erkaklarning muhabbat she'rlari yoqsa kerak. Oddiy gaplar yetarlimas, ragʻbat/eʼtiborning haqiqiyligiga dalil xohlashadi.
Xullas qiyoslash bu tilning emas, tafakkurning xususiyati demoqchiman.
qiyoslay olish uchun 2ta narsa kerak bo'ladi:
bu esa osonmas, quvvat talab qiladi. Shu quvvat keyin boshqalarga ham ta'sir ko'rsatadi.
qiyos faqatgina rag'bat borligini bildirmaydi, boshqalarda ham rag'bat paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Ajoyib oʻxshatishlar:

