Chalgʻimang

2026-08-25

Mas'uliyatsiz degani ishga kech qolib kelish. Ish vaqtida youtube ko'rish, telegramni tekshirish, o'yinlar o'ynash.

Ishni bitirmaslik ham shulardan keladi, ish vaqtida youtube ko'radi, tabiiyki vazifalarni vaqtida tugatolmaydi. Tabiiyku uy/dam olish/uxlash/sport/kitob o'qish/ovqatlanish vaqtida deadline uchun ish qilishga to'g'ri keladi keyin.

Sekin degani pista chaqib ishlash, qahva damlab kelish, ashula/podcast/kino eshitib ishlash, har 30 minutda chalg'ish va hokazo.

30 minut chalg'imay ishlagan odam bilan 1 soat chalg'imay ishlagan odamning samaradorligi 2 barobar emas 3 barobar bo'ladi.

ish/ishlash/ish qilish so'zlarini o'rniga dars qilishni qo'yib o'qisa ham bo'ladi, ukalar.

← Blog