E'tibor

2025-05-20

E'tibor

Kishining qarorining muhimligi o'sha qarorga ajratadigan, bag'ishlaydigan e'tibori bilan o'lchanadi, nazarimda.

Ya'ni, nimani yoqtirsak, ulug'lasak o'shanga e'tibor qaratamiz.

Kishilarning prinsiplarini bilib olish uchun nimalarga vaqt ajratayotganiga qarash kerak.

Kimlar bilan gaplashadi, kuzatadi, havas qiladi?

Nima bilan band? Nimalarga resurslarini(vaqt, pul, quvvat, asab) sarflaydi?

O'zimizning kimligimizni bilishning ham eng sodda usuli bu.

Biz muhim sanaydigan ishlarga yetarlicha e'tibor bermayotgan boʻlsak, oʻsha mavzularda mulohaza yuritib koʻrish vaqti kelibdi.

Aslida mulohoza yuritish uchun eng afzal vaqt ishni boshlashdan oldingi vaqt edi.

Lekin,

Keyingi eng afzal payt - bugun. Hozir.

- Xurshid bro 20.05.2025 Toshkent

← Blog