Farosat

2026-08-25

Gapirilgan jumlaning oʻzida hech qanday maʼlumot boʻlmasa ham gapiruvchi haqida albatta maʼlumot boʻladi.

qadriyat/dunyoqarash/fikrlashi haqida maʼlumot beradi.

Masalan chala bilgan narsasi haqida soʻralsa kimdir "yaxshi bilaman" deydi, kimdir "bilmayman" deydi. Bilmayman degan jumla ma'no kasb qilmaydi lekin soʻzlovchi tan olgani mano kasb qiladi. Yaxshi axloq signalini beradi.

Kimdir tuhmat/haqorat qiladi, gapining qiymati yoʻq, lekin tuhmatchi ekanligini bilsa boʻladi.

Yaʼni xulosa olish uchun gapning oʻz qiymatidan tashqari uning aytilish maqsadi ham muhim. Baʼzan maqsadni bilish kifoya ham qiladi.

Buzuq maqsadlar aniqlanganda soʻzlovchining soʻzlarining qiymati qolmaydi.

← Blog