Kitobimizda gumon -> josuslik -> g'iybat ketma-ket tanqid qilinganiga e'tibor bersak, biri keyingisiga sababchi bo'lishini tushunamiz.
Demak g'iybat qilib/eshitib qo'yishning yaxshi muolajalaridan biri - gumonni to'g'rilash ekan.
g'iybatning illati - gapning tarkibida bo'ladi, natijasida emas. Ya'ni aslan yoqtirmaydigan/xafa qiluvchi gapni gapirish.
Birov haqida yoqtirmaydigan gap gapirilsa lekin natijada u xafa bo'lmasa ham g'iybat hisoblanaveradi(masalan do'stingiz sizdan xafa bo'lmasligi mumkin).
Yana, illatning ichida gapning yolg'on bo'lishi shart qilinmagan. Ya'ni rost bo'lsa ham yoqtirmaydigan gap bo'lsa g'iybat hisoblanaveradi.
O'zi g'iybat doim rost bo'ladi. Yolg'on bo'lsa tuhmat/bo'htonga aylanadi.