Har bir kutilgan narsa yaqindir

2024-12-24

Har bir kutilgan narsa yaqindir

Inson dunyoda yashar ekan hayot qonun-qoidalaridan baʼzilariga tez-tez murojaat qilib turadi,

Va bular har kim uchun har xil boʻladi.

Prinsiplar mana shunday shakllanadi.

Oʻzimning koʻp prinsiplarim ushbu qoida ustiga qurilgan:

Har bir kutilgan narsa yaqindir.

Yaʼni bir narsani kutar ekansiz, uni yaqin, deyarli kelib qoldi deb eʼtiqod qilish.

Kechroq kelishi rejalashtirilgan ishlarga ham yaqiningizdadek, juda tez fursatda keladigandek tayyorlanishingiz.

Sababi faqatgina hozirgi fursatimizni nazorat qila olamiz.

Kelajakka bugun tayyor boʻlmasak, ertaga tayyor boʻlishimizning kafolati umuman yoʻq.

Kafolati yoʻq narsalarga esa suyanib boʻlmaydi.

Bunga oʻxshash boshqa gaplar ham eshitgansiz, masalan:

Agar maqsadingiz haqiqiy boʻlsa, buguningizga taʼsir qilayotgan boʻlishi kerak(chunki haqiqiy boʻlmagan maqsadlarni amalga oshishini astoydil kutmaymiz).

Yaʼni harakatni bugun/hozir boshlang, kelajakka kafolat yoʻq.

- Xurshid bro 24.12.2024 Toshkent

← Blog