Hurmattalablik
Jamiyatda baʼzida boʻlib turadigan ajoyib bir hodisa bor.
Odamlar ichida obroʻ-eʼtiborsiz kishilardan biri kutilmaganda koʻtarilib ketadi.
Yillar davomida baland maqomda yurgan kishining oqibati kutilmaganda xorlik bilan tugaydi.
Ahli ilmlar aytishardiki, bir-birimizning asl yuzimizni bilmaganimiz uchun hurmat bilan gaplashamiz. Obroʻni bizga Xudo beradi. Xohlagan payti olib qoʻyishishi mumkin. Shuning uchun "man obroʻliman" deb qoʻymaslik kerak. Bir kunda xor qilib qoʻyishi mumkin.
Endi mavzuni ozgina buramiz.
Hurmattalablik haqida gaplashsak.
Odamlar doim kimningdir nazdida maqomi baland boʻlishini xohlaydi.
Kimning nazdida ekanligini prinsiplari hal qiladi.
Masalan, ishini zoʻr qilishni istaydiganlar oʻz sohasidagi mutaxassislar nazdida eʼtiborli boʻlishni xohlaydi.
Bundan tashqari, odatiy jamoatlarda(sinfdoshlar, kursdoshlar, hamkasblar, qarindoshlar) ham baʼzi kishilar oʻziga e'tibor jalb qilishga urinadi. Obroʻ qozonishga harakat qiladi.
Sababi koʻpincha ichki hurmatning(o'zini hurmat qilish) yetishmasligi boʻladi.
Vaʼda berib(oʻziga ham boshqalarga ham) bajarmaydigan, boʻyniga olgan masʼuliyatini his qilmaydigan kishilarda ichki hurmat pastlab ketadi.
Natijada hurmatni tashqaridan izlashga tushadi.
Ehtiyoj boʻlmasa ham qimmat telefonlar, mashinalar, va hokazolarning olinish sababi ham shu.
Qizigʻi, koʻpchilikka bu ham yetishmaydi, keyingi bosqichda boshqalarning(asosan obroʻsi balandlarning) obroʻsiga tajovuz qilishga oʻtiladi.
Naval buni yaxshi tushuntirib bergandi. Koʻproq manba.
Umr insonlarga manfaat keltirish oʻrniga egoizm, shaxsparastlik bilan oʻtib ketadi.
Hurmattalablik, obroʻ qozonish yoʻlidagi mujodalalardan koʻp zararlar keladi.
Asabni, sogʻlikni, umrni yeydi.
Xullas, tashqi hurmatga emas, ichkarida oʻz prinsiplariga sodiq yashashga harakat qilaverish kerak. O'z-o'zidan hurmatli insonga aylanamiz shunda. Sababi haqiqiy hurmat taqvoning natijasi boʻladi.
Boylik masalasi ham shu, uni ham ichkaridan izlash kerak. Chunki haqiqiy boylik mol-mulkning koʻpligida emas nazarning toʻqligida boʻladi.
- Xurshid bro 27.05.2025 Samarqand