O'zimiz bilan

2025-04-08

O'zimiz bilan

Jaloliddin Rumiyning bir gaplari bor ekan:

"Jim bo'lganing sari ko'proq eshita olasan".

Bir ma'nosi boshqalarni eshitish bo'lsa, boshqa bir ma'nosi o'zimizni eshitish bo'ladi.

Bugun boshqalarni eshitish, kamgap boʻlish haqida gaplashmaymiz, doʻstlar. Menimcha bu haqida juda koʻp, yetarlicha eshitgansiz.

Bugun oʻzimiz bilan gaplashish, oʻzimizni eshitish haqida gaplashamiz.

Hozirda ma'lumot/xabar almashish oson boʻlgani sabab, boshqa narsalar(videolar, kuzatadigan kishilarimiz, podkastlar, ... ) bilan boʻlib oʻzimizni deyarli eshitmayapmiz, fikrimcha.

"O'zini eshitish nega kerak?", soʻraydi oʻquvchi.

-Oʻzimizni tanish uchun.

-Oʻzini tanish nima degani?

-Qobiliyatini, xohishlarini, maqsadlarini va shaxsiyati(xarakteri)ni yaxshi bilish degani.

Kun davomida eshitilgan gaplarni keraklisini olib qolish degani.

Hayotga tadbiq qilish degani.

O'zgarish degani.

Navaldan iqtibos keltiramiz.

"Ijtimoiylashuv osonlashib boryapti, lekin buyuklar yolg‘izlikda shakllanadi."

Bu haqida Akobir doʻstimiz ham yozgandi.

Ha, yana bir gap, o‘zini tanish — bu ma’rifatning boshlanish nuqtasidir.

Maʼrifat esa kishining saodatini kafolatlaydi.

← Blog