Poyga

2026-08-25

Status poygasi degani odamlar ichidagi obroʻ orttirish uchun musobaqa.

Oʻta maxfiy musobaqa, gaplashmay/kelishmay boshlanib, cheksiz davom etadigan musobaqa.

Qarorlarimizni status poygasiga aloqadormi yoʻqmi bilishni yaxshi bir yoʻli bor.

"Hech kim koʻrmaganida ham qilar edimmi?" degan savol

"Men shu matohni olib ishlatishga arzimaymanmi?" degan savol emas,

"Men ishlab topgan pulga shu matoh arziydimi" degan savol.

Savol miyaga kelishi uchun ozgina vaqt kerak boʻladi, shuning uchun xayolga kelgan narsani olavermaslik kerak bo'ladi.

Buning uchun kamroq pul olib yurish kerak boʻladi.

Best practice shunaqa boʻlsa kerak.

← Blog