Poygalar

2026-08-25

Poygalarga qatnashmagan maʼqul.

Noto‘g‘ri turdagi stressni keltirib chiqaradi. Egoni(men kuchliroqman) shakllantiradi.

Ego bilan qilingan harakat odamni faqat zaiflashtiradi. Asosiy maqsadni esdan chiqartiradi. Asabiylashtiradi. Ichki hurmatni tushirib yuboradi.

Ichki sabab qolib ketib tashqi poygalar insonni harakatga keltirdi degan yutqazib boʻldi degani. Birinchi oʻrinni olgan boʻlsa ham.

Shuning uchun marafonlarda(barcha turdagi) qatnashganlarning hammasi loser.

Bugun boʻlmasa ertaga loser boʻladi.

Qachondir aniq loser boʻladi.

Bir kun aniq boʻshliq his qiladi.

1000023433

Stoic 3.0: Oxirgi eslatma:

O'zi bilan o'zi poygalashgan ham loser boʻladi.

Buni tark qilish eng qiyini.

Mana endi tashqi sabablarni hammasini olib tashladik. Ha, "kechagi natijalarni yaxshilash" ham tashqi sabab.

Endi faqat ichkaridan sabab qidiramiz. Paydo qilishga harakat qilamiz. Tushunishga urinamiz. Uzoq tafakkur qilamiz.

Keyin harakat qilishga yetarlicha sabab paydo boʻladi. Tashqariga bogʻlanmagan, olib tashlash qiyin boʻlgan sabab.

Shundan keyin harakatlar doimiy boʻlishni boshlaydi.

Doimiy harakatlar katta yutuqlarni olib keladi.

Tugamaydigan yutuqlarni.

Bizga shunisi kerak edi oʻzi.

← Blog