Sabr(qisqa muddatda)

2025-03-25

Sabr(qisqa muddatda)

Hayotimiz hissiyotlar bilan qiziq.

Ularsiz yashashni hech kim xohlamasa kerak.

Lekin inson hayotda toʻgʻri qarorlar qabul qilishi uchun hissiyotlarni boshqarishni oʻrganishi kerak bo'ladi.

Oʻylamay yoki chala oʻylab turib, vaziyatga beriladigan birinchi reaksiya hissiyotdan keladi.

Kamsitgan/tanqid qilgan odamga tezda javob qaytarish, mashinada ketayotganda kimdir xato qilib qo'ysa baland signal chalish va hokazo.

Sabr qilish - qisqa muddatda hissiyotlarni boshqarish demakdir.

Xotirjamlik shundan keladi.

Hissiyotlarni boshqarishni qayerdan oʻrganamiz?

Tafakkur va tahlil yordam beradi. Qaysi hissiyot qayerdan kelgani, nima sababdan reaksiya koʻrsatganimiz, nima yomon natijaga olib kelganini oʻylab koʻrish.

Va xotirjam kishilar bilan yurish ham yordam beradi.

Hissiyotlarni boshqaring, oson yashaysiz!

- Xurshid bro 25.03.2025 Toshkent

← Blog