Sabr(uzoq muddatda)
Oxirgi postimizda sabr haqida gaplashgandik.
To'g'rirog'i qisqa muddatli ishlarda sabrli bo'lish haqida.
"Uzoq muddatdachi?", deb so'raydi o'quvchi.
"Blog boshladim, yetarlicha kuzatuvchi yig'ilmayapti".
"Kitoblar o'qiyapman, lekin 10tasini ham hali tugatolmadim".
Xullas biz uzoq muddatda, yillar davomida qilishni rejalashtirgan ishlarimiz, odatlarimizning natijasini tez ko'rishni xohlaymiz.
Ba'zan sabrimiz yetmaydi, to'xtatib qo'yamiz. Natija ko'rinmagani uchun.
Nima qilish kerak?
Bir ma'noda sabrli bo'lish shunchaki kutish emas, natija kelganicha boshqa ish qilib turish degani.
Ya'ni natijaning yo'qligi harakatimizga ta'sir ko'rsatmasligi uchun bo'sh qolmay, boshqa ishlar bilan ham mashgʻul boʻlish.
Sababi shunchaki kutish qiyin boʻlgani uchun, inson keraksiz, zarar beradigan ishlarni qilib qoʻyishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqda blogerlarning hype uchun qiladigan ishlarini bilsangiz kerak.
Boshqa tayinli ishi boʻlmagani uchun har narsa qilib koʻrishadi. Kishilarga manfaat keltiradimi yoʻqmi muhim emas. Instagramini olib qoʻysangiz real hayotda hech narsasi qolmaydi.
Sabrli bloger nima qilishi kerak edi? Bir oyda 2 dona video olib 2-3 yil sabr qilishi kerak edi. Oʻzining biror sohada ishi boʻlishi, blogni oʻsha sohaga doir mavzularda yuritishi kerak edi. Keragidan ortiq auditoriya yigʻilib qolgan boʻlardi.
Xullas, harakatlar reja boʻyicha ketyaptimi? Boʻldi, boshqa ishlarni qilib turing, natija baribir keladi.
- Xurshid bro 01.04.2025 Toshkent