Tartib

2025-04-15

Tartib

Aqlli harakat tezlik, tartibli harakat esa baraka degani.

Tartibsiz, rejasiz yashash iqtidorni oʻldiradi.

Hayotni ma'nosiz qiladi.

Puxta tartib-intizom esa natijani kafolatlaydi.

Puxta bo'lishi uchun diqqat bilan ko'rib chiqilishi kerak.

Miyaning quvvati juda turli mavzularga ketib qolsa, diqqat qiyinlashadi.

Reels, shortsda mavzular o'ta tez va oson almashadi, demak diqqatga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Bularga vaqt sarflagan kishi tartib haqida diqqat u yoqda tursin, fikr ham yuritmaydi.

Tartib bo'lmagandan keyin muhim ishlar qolib ketadi.

Harakatga baraka, maqsadga yaqinlik, fikrga tiniqlik, ruhga taskin - barchasi tartibdan keladi.

- Xurshid bro 15.04.2025 Toshkent

← Blog