Tekshirib koʻring

2025-05-06

Tekshirib koʻring

Kim bilan doʻst boʻlish, nimalarga vaqt sarflash, nimalarni iste'mol qilish, nimalarni oʻylash - hammasi shaxsiyatimizni yo yaxshi, yoki yomon tarafga shakllantiradi.

Nimalarni koʻp oʻqisak, tomosha qilsak, eshitsak oʻsha dunyoqarashdagi odam boʻlamiz.

Shuning uchun filtrlash - yaxshi g'oyalarni yomonlaridan ajratish juda muhim ko'nikma hisoblanadi.

Bu safargi mavzu "tabayyun" - xabarni tekshirish haqida.

Kelgan xabarning rost/yolg'onligini aniqlash bitta masala bo'lsa, uning kimdan kelayotganini aniqlash ikkinchi masala.

Yolg'on xabarni ajratib olish oson bo'lishi mumkin, lekin ko'pchilik adashadigan joyi shuki, rost xabardan ham manipulativ, hatto buzg'unchi(bu tomonini keyingi postlarda gaplashamiz) maqsadlarda foydalanish mumkin.

Bu jarayon kitoblarda qanday bo'lishini ko'rib chiqsak.

Birinchidan, amal qilmaydigan narsasini gapirish oʻzida yoʻq narsani gapirishdir.

Oʻzida yoʻq narsani targʻib qilish bu tajribasi yoʻq boʻlgan(demak chala bilgan) narsasini targʻib qilish boʻladi.

Bilmagan narsasini gapirish aqlning belgisi emas. Baʼzan firibgarlik belgisi boʻladi. Eng kamida pul ishlash uchun gapirilgan boʻladi.

Kitoblardan misollar koʻramiz:

Baʼzi turk mualliflar "jozibador" nomlar bilan kitob chiqarishi, bizga tarjima qilinib sotilishining guvohi boʻlyapmiz(Yaqinda oʻzimiznikilar ham boshlaydi). Mualliflarni 80% oʻquvchi tanimasa kerak, aksarini vikipediyadan ham topib boʻlmaydi.

Millioner bo'lmaganlar millioner bo'lish haqida kitob chiqargan("Mening qo'shnim - millioner"). O'zbekchaga ham tarjima qilingan. Tadqiqotni chala/noxolis qilishgan, natijasi bir yoqlama bo'lib qolgan.

Yana bittasi hali isbotlanmagan g'oyani olib "ted talk"lar va hatto kitob chiqargan.

Yana bittasi inson evolutsiyasi haqida kitob yozgandi, tarjima qilindi, reklama qilindi. Muallifni borib tekshirib kelsangiz benomus bo'lib chiqadi.

Menimcha misollar yetarli bo'lsa kerak.

Koʻrinib turibdiki, hatto kitoblarni ham tanlab oʻqish kerak ekan, intervyular, podkastlar, filmlarni gapirmasa ham boʻladi.

Shuning uchun xabarni, keltirilgan gʻoyani taniqidiy nazar bilan tekshirish shart boʻladi.

Aks holda tashqaridan kelgan ideologik fikrlarni oʻzlashtirib olganimizni sezmay qolamiz.

- Xurshid bro 06.05.2025 Toshkent

← Blog