Tekshirib koʻring(davomi)
Oxirgi postda XABARni tekshirish haqida gaplashgandik.
Baʼzilarda savol tugʻilibdi:
"Maslahat bergan, nasihat qilgan har bir odamdan komillikni talab qilishimiz kerakmi?"
Shu savolga javob bersak.
Postda baʼzi bir misollar keltirilgan edi.
Agar eʼtibor bilan koʻrib chiqilsa, barcha misollarning umumiy bir jihati bor. Mualliflar ijtimoiy masalalarga aralashishgan(kitob yozib sotish, moliyaviy/hayotiy maslahatlar berish, auditoriya toʻplab taʼsir qilish).
Minglab insonlarga taʼsir oʻtkazishgan.
Kitob/media orqali taʼsir koʻrsatish orqasidan keladigan zararlarni hamma bilsa kerak. Davlatlar toʻntarishlari misol uchun kifoya.
Ular davlat toʻntaradi demoqchi emasman, shunchaki qayerdadir qizil chiziq boʻlishi kerakligini tushuntrimoqchiman.
Ijtimoiy masalalarda OAVga chiqib fikr bildirayotganlarni kimligini tekshirish kerak. Maqsadi nima ekanligini aniqlash kerak. Gapirayotgan soyasida mutaxassismi yoʻqmi aniqlash kerak boʻladi.
Nasihat/maslahatlarni qabul qilishga kelsak,
Masala ommaga emas shaxsimizga tegishli boʻlgani uchun ularni qabul qilish, mulohaza qilib koʻrishda muammo yoʻq.
Hammamiz ham yaxshiroq inson boʻlishni xohlaymiz. Demak xatolarimizni aytgan kishi bilan bahslashish oʻrniga, undan xursand boʻlib isloh qilib qoʻyganimiz foydali boʻladi.
Bularni koʻrib aytish uchun insonlardan olimlikni, komillikni talab qilish ishni qiyinlashtiradi.
"Oʻzingchi" deb oʻzini oqlashga urinish ham.
Menimcha savolga javob berildi deb oʻylayman.
- Xurshid bro 13.05.2025 Toshkent