Til o'rganish
Har qanday narsani o'rganish uchun sabab 2 xil bo'ladi:
1) Qiziqish 2) Majburiyat
Aslida qiziqish ham bizni majbur qiladi, qiziqqan narsamizni o'rganmasak chanqagandek his qilamiz.
Demak muammolarimizga yechim topish uchun o'qib o'rganamiz.
Ko'pchiligimizdagi muammo biz uchun kerakli bilimlarning o'zbek tilida mavjud emasligida.
Tilni o'rganganimizdan keyin yechim faqat o'qish masalasi boʻlib qoladi xolos.
Juda ham kerakli kitoblar, maqolalar, ilmiy ishlarni osh narxiga topsak bo'ladi, faqat tilni bilishimiz kerak.
Oʻzi aynan bizning millat uchun boshqa tillarni oʻrganish osonroq, fahmlash qobiliyatimiz tez boʻlgani uchun. Manba
Til o'rganishning boshqa foydalari ham ko'p, Gyote "Chet tilini bilmagan, o'z tilini bilaman demasin" degandi. Yaʼni chet tilini oʻrganish ona tilining yaxshilanishiga ham sabab boʻladi.
Chunki yangi til o'rganganda o'zimiznikiga taqqoslaymiz, baʼzi farqlarni koʻrib yaxshiroq tushunishni boshlaymiz.
Yana, millat sifatida ularda mavjud boʻlmagan qadriyatlarimiz borligini tushunamiz.
Ingliz tilini oʻrganayotgan davrimda koʻp insho yozardik, oʻqituvchimiz hammasini tekshirishga ulgurmagani uchun guruhdagilar bir-birining insholarini tekshirardi. Musobaqa qizgʻin boʻlardi. Imloviy xatolarni(oʻzbek tilida ham) sezib qoladigan koʻnikma oʻshanda paydo boʻlgandi.
Xullas shunaqa gaplar, nega til oʻrganish kerak, oʻrgangandan keyin nima foydalar olinadi, bularni tushuntirdim deb umid qilaman. Qanday oʻrganish kerakligini gapirish shartmas, oʻquv markazlari yaxshi variant.
Endi faqat qatʼiyat bilan oʻrganish kerak, cheksiz bilimlar eshigini ochayotganingni tushunib.
Bu post aslida sen uchun edi, ukam. Gazini bos. IYKYK
"Ukam" oʻrniga xohlagan ism qoʻyib oʻqisa ham boʻladi.
- Xurshid bro 19.02.2025 Toshkent