Yozish haqida

2025-08-25

Yozish haqida Nimadir eshitib miyani band qilib yurish - oson.

Miyani boʻsh qoldirish(tafakkur) - qiyin.

Chalgʻimay uzoq muddat kitob oʻqish - qiyinroq.

Qaydlar olib oʻqish - yanada qiyinroq.

Uzun matn oʻqishdan, uni yozish qiyinroq.

Fikrni uzun matndan koʻra qisqa matnda tugallash qiyinroq.(جوامع الكلم)

Ma'lum va mashhur fikrlarni yozishdan, noyoblarini yozish qiyinroq.

Sifatli va noyob matn yozish - oxirgi daraja.

Sifatli matn yozish davomida yuqoridagi barcha koʻnikmalar shakllanadi.

Muntazam yozish oʻqishga majbur qiladi.

Muntazam yozish tiniq fikrlashga sabab boʻladi.

Muntazam yozish xotirani kuchaytiradi.

ACT.

25.08.2025 Toshkent

← Blog