Mantiqda 5 san'at

2026-04-07

Mantiqda 5 san'at degan narsa bor:

  1. Burhon - aksioma
  2. Jadal - o'zini hujjatini o'ziga qarshi hujjat qilish
  3. Xitoba - chiroyli/ta'sirli gapirib ishontirish
  4. She'r - hissiyotga xitob
  5. Safsata - javob berdim deb javob bermaydi

5 san'at — boshqalarni ishontirish yoki fikrni asoslash turlarini ko'rsatadi.

1. Burhon (Demonstration / Proof)

Eng kuchli va ishonchli usul

Maqsad: Isbotlash

Asos: Aksiomalar, universal haqiqatlar

Misol:

"Barcha jonzotlar o'ladi"

"Ali odam, odam - jonzot, demak Ali o'ladi"

Burhon 2 turga bo'linadi:

1.1 To'g'ridan-to'g'ri isbot (Direct proof)

Misol:

"Barcha juft sonlar 2 ga bo'linadi"

"10 2 ga bo'linadi" → "10 juft son"

1.2 Bilvosita isbot (Indirect / contradiction)

Misol:

Faraz qilamiz: 10 toq son.

unday bo'sa 2ta butun songa ajralmasligi kerak edi. Ajraldimi? demak juft son.

2. Jadal (Dialectic / Debate)

Bahs/munozara usuli

Asos: Qarshi tomonning fikrini olib, o'ziga qarshi ishlatish

Maqsad: Raqibni mantiqan yengish

Misol:

Bu yerda qarshi tomonning fikri hamin qadar qabul qilinib, unga qarshi misol keltirilyapti.

Jadal 3 turga bo'linadi:

2.1 Qarshi misol (Counterexample)

Gapini bitta misol bilan buzish

Misol yana o'sha:

2.2 Ichki ziddiyatni ochish

Raqibning gaplarini bir-biriga qarshi qo'yish

Misol:

"Har kim tanqidni ko'tara olishi kerak"

"Men xohlaganimni qilaman, menga o'rgatmang"

2.3 Natijaga olib borish (reductio)

Uning fikrini davom ettirib absurd xulosa chiqarish

Misol:

3. Xitoba (Rhetoric)

Ommani ishontirish san'ati

Asos: Chiroyli nutq, ta'sirli gapirish

Maqsad: Ishontirish

Misol: Siyosatchi nutqi:

"Biz kelajakni birga quramiz!"

"Ovoz bering va farzandlarimiz uchun yaxshiroq hayotni tanlang!"

Bunda mantiqdan ko'ra ta'sir (persuasion) muhimroq.

Xitoba 3 turga bo'linadi:

3.1 Ishonch

Misol: "Men 10 yillik tajribaga ega muhandisman, shuning uchun…"

3.2 Mantiq

Dalil va fakt orqali ishontirish

Misol:

"Bu texnologiya siznikidan 30% tezroq ishlaydi demak bu eng yaxshi tanlov."

3.3 Hissiyot

Misol: "Farzandlaringiz kelajagini o'ylasangiz bizning markazda o'qiting."

4. She'r (Poetics)

Hissiyotga ta'sir qilish

Asos: Obraz, tasvir, metafora

Maqsad: His-tuyg'uni uyg'otish

Misol:

"Yuragim dengiz kabi to'lqinlanadi"

Bu mantiqiy isbot emas, lekin kuchli hissiy ta'sir beradi.

She'r 3 turga bo'linadi:

She'r — faqat qofiya, vaznli gaplarmas emas, balki tasviriy fikrlash:

4.1 Metafora (o'xshatish)

4.2 Tasvir (imagery)

Misol: "Qorong'u tun, sokin shamol…"

4.3 Ritm va ohang

5. Safsata (Sophistry)

Soxta mantiq (aldash)

Asos: Asli noto'g'ri, lekin ko'rinishdan to'g'ri argument

Maqsad: Aldash yoki chalg'itish

Misol:

"Sen meni tushunmading, demak sen noto'g'risan"

Bu yerda aslida hech qanday isbot yo'q.

Safsatani ishlatish uchunmas tanib olish uchun bilib olinglar :)

Safsata 7 turga bo'linadi:

5.1 Ad hominem (shaxsga hujum)

5.2 Straw man (soxta versiya)

5.3 Slippery slope

5.4 Circular reasoning (fosiq doira)

5.5 False Dilemma (Either/Or)

5.6 Appeal to Popularity (Bandwagon)

5.7 Appeal to Authority

Munozara/bahs/tortishuvdan asli foyda yo'q, faqat haqni topish/ko'rsatish bo'lsa foyda bo'ladi.

Shaxsparastlikdan foyda chiqmaydi. Ya'ni maqsad kimnidir mag'lub qilish bo'lmasligi kerak.

Endi shunda niyatni to'g'rilagandan keyin qarshi tomonning ham niyati to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilib keyin bahsga kirish kerak.

Ammo buning har doim ham iloji yo'q, shuning uchun hech yo'q bahs davomida bilish kerak bo'ladi.

Buning uchun esa yuqoridagi safsata mavzusini bilishingiz kerak.

Shularga oid daqiq misollar bilan tugataman.

5.1 Ad hominem (shaxsga hujum)

"Korrupsiyani tanqid qilmanding, demak o'zing ham pora olgansan."

5.2 Straw man (soxta versiya)

"Korrupsiyani tanqid qilmanding, demak himoya qilding."

5.3 Slippery slope

"Korrupsiyani tanqid qilmanding, demak bu ketishda hamma poraxo'r bo'lib ketadi."

5.4 Circular reasoning (fosiq doira)

"Korrupsiyani tanqid qilmanding, demak sen xatosan— chunki to'g'ri bo'lganingda tanqid qilarding"

5.5 False Dilemma (Either/Or)

"Korrupsiyani tanqid qilsang qarshisan, tanqid qilmasang qo'llaysan! Demak sen qo'llayapsan."

5.6 Appeal to Popularity (Bandwagon)

"Korrupsiyani hamma tanqid qilyaptiku, sen ham qil. Bo'lmasa xatosan"

5.7 Appeal to Authority

"Korrupsiyani falonchilar tanqid qilyaptiku, sen ham qil. Bo'lmasa xatosan"

← Essays