Imom Shotibiy Islom ilmlarida 2ta turli terminlarni kiritib mashhur qilgan.
Matnlar va maqsadlar. Islom ilmlarida matnlar bor va ulardan ko'zlangan maqsadlar bor. Avval matnlardan ko'zlangan maqsadlar o'rganiladi va matnlar maqsadlarga to'g'ri kelsagina tatbiq qilinadi.(To'g'rirog'i matnlardan faqatgina maqsadlarga munosib ma'nolargina tushuniladi)
Xuddi shu modelni umumiyroq tushunsak ushbu xulosani olamiz:
"Har qanday tavsiya/maslahat/nasihat orqasidan ko'zlangan maqsad bo'ladi, o'sha tavsiyaning zohiriga(ko'r-ko'rona) amal qilishdan oldin maqsadini tushunish muhim"
Endi o'qish mavzusiga kirishamiz. Savollar ro'yxatini tuzib olaylik, savol ilmning onasi deydilar.
1) Kitob, insho, maqola umuman olganda uzun matnlarni o'qishdan nima maqsad qilinadi o'zi?
2) Bularni video/audiolardan nima ustunligi bor?
3) Lekin kitoblar zerikarliku, buning ustiga sekin, bitta kitobni oylab o'qib yurish kerakmi endi?
4) SI(Sun'iy Intellekt) davrida yashayapmiz, 2 oy o'qishga vaqt sarflamasdan 2 minutda chatgptdan xulosasini o'qib qo'ysak bo'lmaydimi?
5) O'qidik ham deylik, kitobdagi barcha narsaga amal qila olamizmi?
6) Kitob o'qigan bilan qorin to'ymasa, boyib ketmasa nima keragi bor o'qishni?
7) Yoshlikda kitob o'qish shartmikin? Qarib, nafaqaga chiqganda qancha vaqt bo'ladi o'qigani hali...
Savollar bilan inshoning suyaklarini joylashtirib oldik, endi et qoplaymiz.
Kitob o'qishdan bir necha xil maqsad bo'lishi mumkin. Eng asosiylari:
Insoniyat tarixiga qaraydigan bo'lsak taxminan oxirgi 500 yildan beri kitoblar ommaviy nashr qilinadi. Birinchi bosmaxona Gutenberg bosmaxonasi(~1450- yillar) deyiladi. 500 emas oxirgi 1000 yildan beri ommaviy kitob o'qiladi deb hisoblaganda ham bu insoniyatning umumiy tarixining(~12 ming yil) maksimum 10%ini tashkil qiladi. Demak yuqoridagi maqsadlarga aynan kitob bilan borilmagan. Asosan ustoz-shogird an'anasi orqali yetishilgan. Dunyoqarash uchun esa safar eng mashhur vosita bo'lgan.
Bugun ham maqsadlar o'sha-o'sha faqat vositalar o'zgaryapti. Yuqoridagi sabablarning avvalgi 2tasi uchun eng kuchli, ta'sirli, sinalgan vosita aslida kitob emas ustoz tutish bo'ladi. Lekin bugungi zamonga qaraydigan bo'lsak sharoitlar o'ta boshqachaligi hisobidan buning imkoniyati cheklangan. Bolalar 11 yil maktabda o'qiydi, kunining asosiy qismi o'sha yerda o'tadi. Bunaqa sharoitda Suqrot va uning shogirdlarini uchratib bo'lmaydi, tabiiy. Yoki soha mutaxassisi bo'lish uchun diplom kerak, universitetda o'qish kerak. Qanday qilib "qozilar qozisi"ni tarbiyalayotgan Imom Abu Hanifani uchratish mumkin? Mazkur sharoit, qonun-qoidalar ustoz-shogird an'anasini kichkina bir doira ichiga qamab qo'ydi. Shuning uchun endi vaziyatdan kelib chiqib qarasak eng yaxshi yechim kitob ekanligini ko'ramiz.
Bugun Navoiy, Fariduddin Attor, Xo'ja Axror Valiy, Imom Moturidiy, So'fi Olloyor, G'ijduvoniylardan o'rnak, tarbiya olish uchun kitoblarini o'qish kerak bo'ladi.
Kuchli mutaxassis bo'laman deganlar bugun eng kuchli soha egalarini kitoblarini o'qishi mumkin.
2) Bularni video/audiolardan nima ustunligi bor?
Birinchidan aksariyat video/audiolarga zerikkanda murojaat qiladi. Uyqu kelmasa, uy ishlarini qilayotgan bo'lsa. Kam holatlarda daftar qalam olib dars qilinadi. O'sha holatda ham videokurslarni oxirigacha o'qiydiganlar 10%ga bormaydi, chunki bu kitobga qaraganda noqulay va qiyin. Kitobdagi darslikning kerakli qismiga qayta murojaat qilish uchun varoqlash kifoya. Videodarsda esa videoni qayta ko'rib chiqish kerak yoki oson topaman desa hammasini daftarga yozib chiqish kerak. Umuman qayta murojaat qilmayman desa u dars hisoblanmaydi, uzr lekin. Ikkinchidan bilim qancha qiynalib topilsa xotirada shuncha yaxshi qoladi. Google<video<elektron kitob<uydagi kitob<kutubxonadagi kitob.
Audio deganda podkastlar nazarda tutilsa va dunyoqarashni podcastlar bilan kengaytiraman desa bemalol, faqat sizga yangiligim bor:
Podkastni eshitib bo'lganda 1 soatdan keyin ~50 foizi, 24 soatdan keyin ~70 foizi, bir haftadan keyin esa ~90 foizi esdan chiqib ketadi. 6 Ways to Overcome the Forgetting Curve
Keyingi savol:
3) Lekin kitoblar zerikarliku, buning ustiga sekin, bitta kitobni oylab o'qib yurish kerakmi endi?
Kitoblarning hammasi zerikarli emas, balki sizning tajribangizda shunaqa bo'lgan. Aksar kishilar kitoblardan zerikadi, sababi boshlagandan keyin oxirigacha tugatishim kerak deb o'ylashadi. Zerikarlilik sifati kitobga emas ichidagi mavzuga xos. Video qiziq bo'lmasa, kino qiziq bo'lmasa oxirigacha ko'rmaymizku, nega kitobni oxirigacha o'qishimiz kerak. Yoki maqsadimiz raqamlarmi? Yuzta kitobni tugatganman deb maqtanishmi?
Sekin deysizmi? Kitobdan tezrog'ini bilmayman:
video/audio gapirish tezligida bo'ladi.
Buning ustiga yozish sekinroq va chuqurroq o'ylashga majbur qiladi. Bir daqiqada o'qilgan xat, o'n daqiqa yozilgan bo'ladi. Sayqallangan bo'ladi. Videodan ancha ma'noga boyroq bo'ladi. (Aziz Rakhimov Blog)
4) SI(Sun'iy Intellekt) davrida yashayapmiz, 2 oy o'qishga vaqt sarflamasdan 2 minutda chatgptdan xulosasini o'qib qo'ysak bo'lmaydimi?
Baraka topgur, sen chatgpt kitobni boshdan oxirigacha o'qib chiqib keyin xulosasini senga olib kelib beradi deb o'ylaysanmi? Unaqamas. Internetda kim qayerda qanaqa xulosa yozgan bo'lsa shuni olib kelib beradi, ya'ni boshqalarning xulosalari. O'zingni miyangga ish qoldimi o'zi? Seni o'zingdan boshqa kim biladi, o'zingdan boshqa kim vaziyatingga munosib xulosa chiqarib bera oladi?
5) O'qidik ham deylik, kitobdagi barcha narsaga amal qila olamizmi?
Hammasiga emas, qo'ldan kelganiga amal qilasan, qolgani zarar qilmaydi. Umuman amal qilmagan taqdiringda ham bir qancha foydalarni olasan:
6) Kitob o'qigan bilan qorin to'ymasa, boyib ketmasa nima keragi bor o'qishni?
Kim aytdi kitob qorin to'ydiradi deb? Nomantiqiy argument. Yuqorida nima maqsadlarda o'qish kerakligini gaplashdik, buning ustiga yaxshi mutaxassis och qolmasligi aniq. Boyib ketish haqidagi kitoblar tanqid qilinayotgan bo'lsa qo'shilaman, boyib ketish, milloner bo'lish, jimjimador, sehrli so'zlar ishlatilinadigan muvaffaqiyat haqidagi aksar kitoblar pul ishlash uchun chiqariladi, kitob ichida kurslar/boshqa kitoblarni reklama qilish uchun sotiladi. Shuning uchun janob Talebning maslahatiga quloq solgan ma'qul:
"Ko'p o'qish? Shartmas. Juda-juda tanlab o'qi. Har narsani aralash o'qiyverish insonning yaxshini yomondan ajratish qobiliyatini buzadi va tanqidiy fikrlashning sustlashishiga olib keladi."
7) Yoshlikda kitob o'qish shartmikin? Qarib, nafaqaga chiqganda qancha vaqt bo'ladi o'qigani hali...
Hozirimizdan boshqa narsani qo'limizda deyolmaymiz, kelajakka kafolat yo'q. Vaqt o'tgan sari odat shakllantirish qiyin bo'lib boradi, buning ustiga eng baquvvat, kuchga to'lgan paytda o'qimagan, keyin o'qirmidi? O'zingni qariganda tarbiyalaysanmi? Dunyoqarashni qariganda kengayritasanmi? Qarigandan keyin mutaxassis bo'lasani? O'qish baliq tutish kabi bo'sh qolganda qilinadigan ish emas. Vaqt ajratib qilinadigan ish.
Hozircha shular.