Vosita va g'oya

2025-12-28

Vosita bilan g'oyaning o'rnini chalkashtirmaslik kerak.

Vosita bo'la turib g'oya bo'lmasa foydasi yo'q.

Dalil:

Yillar davomida bitta gapni takrorlab kelishdi. Agar dasturlash osonlashsa — hamma dastur qiladi, kameralar arzonlashsa — hamma film oladi, platformalar ochilsa — hamma ijod qiladi.

Lekin bu qonun ishlamadi.

AI bugun kod yozsa ham, montaj qila olsa ham, ijtimoiy tarmoq tekin bo'lsa ham yangi ijod oqimi yo'q.

Eng ko'p foydani hali ham eski mutaxassislar olyapti.

Va boshlang'ich ish o'rinlari qisqarmoqda.

Ya'ni vositalar arzonlashishi mutaxassislikka kifoyamas. Gap vositada emas — g'oyada.

Faqat g'oya kishilari tashabbus qila oladi. (High Agency)

Ijodkorlarni g'oyalar yetishtiradi. Vosita ko'p/kamligining ahamiyati yo'q.


Demak tashabbus uchun g'oya kerak.

Vosita uchun resurs bo'la turib tashabbus qilinmayaptimi → g'oyada zaiflik bor.

Sog'lik — g'oya, sport/dieta — vosita. Dietaga tashabbus yo'qmi? G'oya zaif.

Amal — g'oya, ilm — vosita. Ta'limga tashabbus yo'qmi? G'oya zaif.

— Nima qilish kerak?

— G'oyani kuchaytirish kerak.

— Qanday?

— Bilmayman.

← Essays