Intizomni muvaffaqiyat kaliti deb qarasak, muvaffaqiyat miqdori zerikish miqdoriga mutanosib — yoki zerikishga qancha ko'p chiday olishingga.
"O'zing qiziqqan sohani topishing kerak, ishing zerikarli bo'lmasligi kerak" degan gaplar to'g'ri kelmaydi. Ko'p zerikarli ishlar yaxshi daromad olib keladi. Qiyinligi uchun emas, aynan zerikarli ekanligi uchun.
Qisqa tushuntirish: zerikarli degani takrorlanuvchi degani emas. Takrorlanuvchi degani zerikarli degani. Zerikarli degani shunchaki yangi narsalar kashf qilmaysiz degani.
Misollar: biostatistika, materialshunoslik, davlat tenderlari, korporativ dasturiy ta'minot. Bular har kuni qiziqarli va yangi muammolar hal qilinadigan sohalar emas. Aslida aqliy jihatdan ham juda murakkab emas — faqat psixologik jihatdan qiyin. Bir xillikka chidash qiyin. Shuning uchun ham yaxshi daromad olib keladi, ayniqsa tor, texnik sohalarda.
Dunyo shunaqa ishlaydi: zerikarli, lekin hammaga kerak bo'lgan sohalar ustiga qurilgan.
Raqobatning katta qismini olib tashlaydigan filtr.
Ko'pchilik chiranib ko'radi, 5-6 oy ishlab ko'radi, chidamaydi, kamroq daromad bo'lsa ham qiziqarliroq yo'nalishlarga o'tib ketishadi.
Qisqa tushuntirish: zerikarli sohada ishlaydi degani o'zi ham zerikarli odam deganimas. Umuman unaqa emas. Shunchaki shunga chiday olish ko'nikmasi bor, boshqa ko'nikmalar kabi.
Zerikarli ishlarga chidadik, yaxshi daromad topdik, xohlaganimizga erishdik endi nima? Zerikish yo'qoladimi? Yo'q, endi haqiqatda bu muammoga aylanadi.
Ba'zilar kelajagini bunday tasavvur qilishi mumkin:
Hammasiga erishsang, karyera, oila, ideal turmush tarzi, zerikish o'z-o'zidan yo'qoladi. Hammasiga erishding, baxtlisan.
Bu fikrlar zerikish nimaligini bilmaslikdan keladi. Zerikarli hayot degani xato/yomon/notinch/noto'g'ri hayot degani emas. Zerikarli hayot degani hayotingni o'zing xohlaganingcha yaxshilading, endi kashfiyotlar tugadi degani.
Maqsadlarga erishasan, keyin baribir zerikaverasan. To'g'ri/noto'g'riligiga aloqasi yo'q.
Muvaffaqiyat degani ham shu-ku aslida, o'zing xohlagandek/kutgandek natijalar kelishi. Bu esa qiziq bo'lolmaydi.
Zerikarli bo'ladi.