Fotograf

2026-01-24

Suratinga boqdim, go'zal qiz, oy qiz.
Unuttim, unuttim, unuttim seni.
Eski bir varoqda, turibsan yolgʻiz
Unuttim, unuttim, unuttim seni

Bir ism, bir imzo, bir sana, ajib!
Aniq, uchchovi ham badbaxt, muztarib!
Qalbimni tirnama, qarshimda turib
Unuttim, unuttim, unuttim seni.

Oradan necha yil oʻtdi, bilmayman,
Isming nima edi, eslay olmayman.
Xotirla, demagin, axir sevmayman
Unuttim, unuttim, unuttim seni.

← Poems