Ketding tashlab, eng qorongʻu pallada,
Yolgʻiz qoldim, qara, firoq dardida,
Tong otmadi quyosh ming bor chiqsada,
Azoblama, sodiq subhim boʻl oʻzing.
Aybimga iqrorman, qildim man xato,
Kelganda shaytonga dedim marhabo,
Avf huzuringdan, rahm et Xoliqo!
Meni shu azobdan xalos et oʻzing.
Dardlarimga, kel, darmon boʻlgin oʻzing,
Bagʻrim yara, kel, malham boʻlgin oʻzing,
Togʻ-u toshni, kechib huzuring keldim,
Shu gʻaribga, kel, sharob boʻlgin oʻzing.