Kel, Jonim

2025-07-17

Jamolingni taʼriflolmay ojizman,
Qiynamagin, oshigʻinga kel, Jonim.
Na hushli na behush, gado, holsizman,
Dardlarimga darmon boʻlib kel, Jonim.

Necha maʼshuq boʻldi dardingda ado,
Ozi qoldi, aksari boʻldi judo,
Kel endi, qilmagin shul xosga jafo,
Erta-indin emas, bugun kel, Jonim

Kirdim shu sahroga, endi na qilay?
Sarobmas, yaqiyn bo'lib kel, Jonim.
Sarsonman, charchoqman hamda mudroqman,
Mashaqqatmas, quvvat boʻlib kel, Jonim

← Poems