Nima Bo'ldi

2026-07-08

Tushdim ishqning savdosiga,
Ayting menga nima bo'ldi?
Kirdim shu jang maydoniga,
Ayting menga nima bo'ldi?

Kezarman olovla yonib,
Ishqning qoniga burkanib,
Na tetik, na behush bo'lib,
Ayting menga nima bo'ldi?

Majnun kabi yo'llar yurib,
Do'stni tushlarimda ko'rib,
Uyg'onganda mahzun bo'lib,
Ayting menga nima bo'ldi?

Ishq sharobi mast ayladi,
Ko'nglimni xasta ayladi,
Jon olmoqqa qasd ayladi,
Ayting menga nima bo'ldi?

Goho shamol kabi esdim,
Goho sahro kabi to'zdim,
Goho daryolardan o'zdim,
Ayting menga nima bo'ldi?

Xurshid faqir, bechoradir,
G'arib, dardla ovoradir,
Do'st yonida parvonadir,
Ayting menga nima bo'ldi?

← Poems