Quvonchim yoʻqoldi, sheʼrdan, qoʻshiqdan,
Topishga urindim, sensiz boʻlmadi.
Taqdirdan bir kecha qarzga boʻlsa ham,
Kulishga urindim sensiz boʻlmadi.
Hasratni hammadan koʻproq tanidim,
Izlab undan ortiq zahar topmadim.
Yoshlangan koʻzlarni andisha qilib,
Yashirmoq istadim, sensiz boʻlmadi.
Chiqishingni kutdim botgan yeringdan,
Qaytmoq istamading yurgan yoʻlingdan.
Telba deya tashlab ketgan yeringdan,
Koʻchmoqni istadim, sensiz boʻlmadi.
Sevmaydi dedilar hech ishonmadim
Rasm, maktub, sheʼr barchasini yoqdim
Arqonni necha bor boʻynimga taqdim,
Oʻlmoqni istadim, sensiz boʻlmadi.