Meni eslaganda qalbing titraydi,
Bilaman, ko'z yoshing to'xtatolmaysan.
Ko'ngilni qiynama, yordam bermaydi,
Bilaman, meni hech unutolmaysan.
Fasllar ketma-ket almashadilar
Sochingdagi oqlarni sanay olmaysan
Albomda qoladi eski rasmlar
Bilaman, meni hech unutolmaysan.
Men ham seni unutolmam, na chora,
Xotiralar boqiy, yoddan chiqmaysan.
Bitmaydi ayriliq qoldirgan yara,
Bilaman, meni hech unutolmaysan.