Xayol

2026-01-27

Xayol uchib ketdi sen tomon,
Uchib bordim men ham ergashib.
Ravo ham koʻrmading bir imkon,
Birga qaytdik uyga dardlashib.

Sening esa parvoying kelmas,
Darding yoʻqmi yoki, yuz bursang?
Malham sendan g'ayrisi boʻlmas,
Shu g'aribga bir bora kulsang.

← Poems