BIRINCHI DARS

Ilmning qadri - uning qamrovi va kengligi bilan o'lchanadi.

1. Ilmning asosiy tushunchalari

Har bir ilmda "mabadi'ul ashara" bor — har qanday ilmni o'rganishdan oldin bilinishi kerak bo'lgan 10 ta asosiy narsa.

Aslida 3ta bo'lgan, keyin 10taga taqsim qilishgan, lekin bosh 3tasini bilish shart.

Mantiq fanini ham boshlashda shu 3tasi kerak (Ta'rif, Mavzu, Samara)

  • 1) Ta'rif / Tasnif (Boshqa fanlarga nisbati, Asos solgan shaxs, nomi kelib chiqqan) — Ilmning aniq ta'rifi
  • 2) Mavzu (Manbalari va Masalalari kelib chiqqan) — Ilmning o'rganish predmeti, nimani o'rganadi?
  • 3) Samara / Foyda (Fazilati va O'rganish hukmi kelib chiqqan) — Ilmdan olinadigan foyda va maqsad
  • 4) Fazilati — Ilmning ustunligi va ahamiyati
  • 5) O'rganish hukmi — Uni o'rganish qanchalik muhim?
  • 6) Manbalari — Ilm qaysi manbalardan foydalanadi
  • 7) Boshqa fanlarga nisbati — Boshqa ilmlar bilan aloqasi
  • 8) Asos solgan shaxs — Ilmni kim tashkil qilgan yoki rivojlantirgan
  • 9) Nomi
  • 10) Masalalari — Ilmda o'rganiladigan mavzular va masalalar

2. Ta'rif

  • Har qanay ilmni notanish yoki boshlang'ich kishilarga mohiyatini ta'riflab bo'lmaydi.
  • Chunki ilmni ichidagi ba'zi narsalardan xabardor bo'lish kerak.
  • Shuning uchun ommaga yoki boshlang'ichlarga ta'riflaganda ilmning samarasi va foydasi qo'shib ta'riflanadi.
  • Mantiqni ham bu kitobda shunday ta'riflagan.

3. Mantiqning nomi va mohiyati

  • Asosiy nomi: mantiq.
  • Ma'nosi: zehnimizdagi bor bo'lgan ma'lumotlarni taqsimlashni o'rgatadi.
  • Foydasi: bilganlarni ishlatib bilmaganlarni o'rganishga vosita bo'ladi.
  • Xodimul ulum va Raisul ulum deb ham aytiladi chunki bosha ilmlarga xizmat qiladigan vosita ilm hisoblanadi. Mantiqni Meyorul Ilm yoki Mezonul Ilm deb ataganlar Imom G'azzoliy. Meyor - proba (tillani probasi masalan)

4. Nega "Mantiq" deb nomlangan?

  • Natāqo — ya'ni nutqdan olingan, ya'ni nutqi yaxshi bo'lgan kishining fikrlari yaxshi tartiblangan bo'ladi.
  • Yoki ichki nutq (botiniy nutq) deb tushuniladi.
  • Idrok ma'nosida tushunsa ham bo'ladi chunki Mantiq fahmlash quvvatini kuchaytiradi.

5. Mashhur ta'rif

المنطقُ آلةٌ قانونيّةٌ تعصمُ الذهنَ عن الخطأِ في الفكر

  • Qoidalar bilan boshqariladigan vosita, zehnni xatodan asraydi.
  • Ta'rifning bir qismida: "Qoidalar bilan boshqariladigan vosita (o'rganuvchi va fan orasida)" deyilgan.
  • Qoida - barcha yoki aksar holatlarda tatbiq qilinadigan umumiy tushuncha.
  • "Barcha" degani aqliy ilmlarda (istisno qabul qilinmaydi)
  • "Aksar" degani amaliy ilmlarda (istisno bo'ladi)
  • Ta'rifning ikkinchi qismida: zehnni (fikrlash quvvatini) xatodan asraydi
  • (Xuddi grammatika, nahv gapirganda xatodan asragani kabi)
  • Bu degani: mantiqni bilgan xato qilmaydi degani emas, balki mantiqqa rioya qilgan odam xato qilmaydi.

6. Fikrlash va tartiblash

  • Fikrlash nima: noma'lum tushunchalarga yetib borish uchun ma'lum tushunchalarni tartiblash.
  • Qanday tartiblashni mantiq o'rgatadi.
  • Mantiq ilmi yangi ma'lumotlar bermaydi, borini ishlatishni o'rgatadi.

7. Mantiq ilmining mavzusi

  • Zehnimizda 2 xil ma'lumot bo'ladi: sodda va murakkab
  • Sodda: boshqalari bilan bog'lanmagan
  • Murakkab: bir nechta soddaning bog'langani
  • Mantiq ma'lum bo'lgan sodda va murakkab ma'lumotlarni o'rganadi
  • Sodda ma'lumotlar: ta'rif bilan yetib boriladi
  • Murakkab ma'lumotlar: hujjat bilan yetib boriladi
  • Masalan:
  • Inson nima? Notiq jonzot → sodda ma'lumot
  • Osmon aslida ko'k rangda emas → murakkab, hujjat kerak, chunki bog'liqlik bizga majhul.
  • Murakkab tushunchalarda bog'liqlik faqat 2 xil bo'ladi: musbat yoki manfiy (yes/no, binary)
  • Sodda va murakkab tushunchalar zaruriy va nazariyga bo'linadi
  • Zaruriy: fikrlashga muhtoj bo'lmagan (sodda ham murakkab ham bo'lishi mumkin)
  • Nazariy: fikrlashga muhtoj (sodda ham murakkab ham bo'lishi mumkin)
  • Zaruriy tushunchalar qolganlariga asos bo'ladi

9. Mantiqda amaliy misol

  • Komputerni ko'rmagan kishi "komputer nima?" deb so'rsa → demak komputer u kishi uchun murakkab tushuncha
  • Bunday tushuntiramiz:
  • "Televizorni bilasanmi?" → ha
  • "Bosma yozuv mashinasini ko'rganmisan?" → ha
  • "Komputer shu ikkovidan tashkil topgan" → tushundim!
  • Ikkita soddani birlashtirib tushuntirildi.

Mantiq ilmida:

  • Sodda ma'lumotlarni ta'riflash
  • Murakkab ma'lumotlarga hujjat keltirish o'rgatiladi

10. Samarasi

Mantiqning samarasi:

  1. Ta'riflashni o'rgatadi
  2. Dalil keltirishni o'rgatadi
  3. Zehndagi bor ma'lumotlarni tartiblashni o'rgatadi

keyingi mavzu ilmi taqsimoti. ilm nima o'zi?